18 jan 11:35
Yangiliklar
Sport kurashlari
Klassiklarimiz Yangiobodda mashg'ulotlarni davom ettirishyapti
Yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi shu kunlarda Toshkent viloyatining tog'li Yangiobod o'quv-mashg'ulot bazasida bo'lib turibdi.
U erda kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazilyapti. Bosh murabbiy Ravshan Ro'ziqulov terma jamoamizning 2022 yil hisobidan ilk o'quv-mashg'ulot yig'iniga asosiy tarkib bilan birga yosh kurashchilarni ham taklif etgan. Dekabr oyida kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida o'zidan yaxshi taassurot qoldirgan "klassiklar" Yangioboddagi mashg'ulotlarda ishtirok etishyapti.
Ushbu yig'in terma jamoamizga fevral oyida Turkiyada o'tkaziladigan xalqaro reyting turniriga tayyorgarlik vazifasini o'tab bermoqda. Istanbul shahri mezbonlik qiladigan ananaviy Yashar Dogu musobaqasi 24-27 fevral kunlariga belgilangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar