So’nggi yangiliklar

17:20Новак Жокович – "Ролан Гаррос" ярим финалидан сўнг: "Балки бу ердаги охирги ўйиним бўлгандир" 0 16:57Дональд Трамп UFC 316 турнирига бормоқчи 0 16:20Жаҳон чемпионати қуръаси қачон бўлади? 0 15:12"Ислам хеч қачон ярим ўрта вазнда жанг қилмаган". Маддалена Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 14:00"Ролан Гаррос". Новак Жокович ўз юришини тўхтатди 0 13:10Жонс Аспиналл билан эмас, Нганнуга қарши жанг қилмоқчи 0 12:32Ўзбекистоннинг 17 клуби ОФК лицензиясини қўлга киритди, аммо... 0 12:05Эртага ўтказиладиган UFC 316 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 11:29Украин бокси афсонаси Василий Ломаченко фаолиятини якунлади 0 11:03"Ролан Гаррос". Карлос Алькараз илк финалчи! 0 10:37Тадбиркор Ўткир Юсуповга уч хонали уй совға қилди 0 10:11Давлат Бобоновни табриклаймиз! 0 09:46Иман Хелиф Эйндховендаги турнирда қатнашадими? 0 09:19Tashkent W15. Етакчиларимиз эплай олмаган ишни Шубина амалга оширди, у 1/2 финалда! 0 08:58ЖЧ-2026 саралаши. Норвегия Италияни сочиб ташлади 0

14 okt 16:02
Yangiliklar

Sport kurashlari

"Klassiklar"imiz Yangiobodda yig'in boshlashdi FOTOREPORTAJ

Karantin qoidalari yumshatilgach, birin-ketin turli sport turi bo'yicha terma jamoalarimiz to'laqonli mashg'ulotlarga qaytishdi.

Jumladan, yunon-rim kurashi bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi Toshkent viloyatining tog'li hududida joylashgan Yangioboddagi sport bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi. 

Kuniga uch mahal o'tkazilayotgan mashg'ulotlarda Ravshan Ro'ziqulov boshchiligidagi 30 nafar "klassik" kurashchilarimiz ishtirok etishayapti.

O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi bosh shifokori Elena Abaeva sportchilarni doimiy ravishda nazorat qilib borayapti. Yig'inda barcha karantin qoidalariga rioya qilinmoqda. 

Yangioboddagi yig'in 17-19 noyabr kunlari Navoiy shahrida o'tkaziladigan kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati, shuningdek dekabrda Serbiya poytaxti Belgrad mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.      

Murabbiylar - Ravshan Ro'ziqulov, Rustam Qudratov, Zaza Silagadze, Aslidin Xudoyberdiev, Isroil Siddiqov, Xayrulla Abdullaev. 

SHifokor - Elena Abaeva 

Massajchi - Uzrob Tursunaliev

Malumot uchun, Yangioboddagi o'quv-mashg'ulot yig'ini 31 oktyabrga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing