08 noy 14:01
Yangiliklar
"Klassiklar"imizning SHimkentdagi muvaffaqiyati
Nardan Caparbaev xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan musobaqada Qozog'iston, O'zbekiston, Braziliya, Qirg'iziston va Tojikistondan kelgan "klassiklar" ishtirok etishdi. Yurtimiz sharafini Islom SHodmonov va Xayrulla Abdullaev murabbiyligidagi terma jamoamiz azolari himoya qilishdi.
Xususan, 60 kg vazn toifasidagi final bellashuvida ikki kurashchimiz to'qnash kelishdi. Islom Bahromov jamoadoshi Feruz To'xtaevni mag'lub etib, xalqaro turnir g'olibiga aylandi. To'xtaev kumush medalga sazovor bo'ldi. Jamoamizga yana bir kumush medalni 72 kg vazndagi yunon-rum kurashchimiz Jahongir Hamroev taqdim etdi. Abdullo Aliev (67 kg), Samandar Idiev (77 kg) va Nurbek Xoshimbekov (87 kg) esa bronza medalini qo'lga kiritdi.
Fikrlar