02 apr 11:40
Yangiliklar
Futbol
Klopp “Siti”ga qarshi o'yinda “yaxshi” o'ynagan to'rt nafar futbolchi nomini aytdi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Manchester Siti”ga qarshi o'yindan so'ng bor-yo'g'i to'rt nafar futbolchidan shikoyati yo'qligini aytdi.
Kloppning fikricha, uning hech bir o'yinchisi o'zining eng zo'r futbolini ko'rsata olmagan va faqat to'rt nafariga “normal” baho bera olishini malum qildi.
“Jamoamizdan to'rt nafar futbolchi yaxshi o'ynadi: Xenderson va Fabino, ular ko'p mehnat qilishdi, shuningdek, Kodi (Gakpo) va Alisson. Agar bunday bahslarda g'alaba qozonishni istasang, 14-15 futbolchi o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatishi kerak. Biroq bugun bizda bunday bo'lmadi”,-dedi Klopp.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar