So’nggi yangiliklar

20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0

27 apr 20:20
Yangiliklar

Dzyudo

Ko'kka bo'y cho'zayotgan Samarqand dzyudo maktabi

So'nggi yillarda Samarqand viloyati dzyudosida ijobiy tomonga sezilarli o'zgarishlar bo'ldi.

Buni birinchi galda O'zbekiston kattalar terma jamoasiga etkazib berilgan dzyudochilar bilan izohlash mumkin. Bugungi kunda asosiy jamoamiz tarkibida dzyudochilarimizdan Davlat Bobonov, Muhammadkarim Hurramov, Diyora Keldiyorova, aka-uka Sardor va Kemran Nurillaev Tokio-2020 Olimpiadasi yo'llanmalari uchun kurash olib borishyapti. Bu dzyudochilarimiz o'z vazn toifalarining etakchilari hisoblanishadi. 

SHuningdek, SHahboz Umirzoqov, Tehron Erkinov, Vagif Ibodov, Sanjar Pardaev, CHingiz SHokirov, Azizbek Ashurov singari O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga nomzod dzyudochilarni ham alohida takidlash joizki, ular ertaga asosiy jamoadagi akalariga munosib raqobatni yuzaga keltira oladi. 

Biz ayni mavzu yuzasidan Samarqand viloyati terma jamoasi katta murabbiyi Mo'min Nabievdan intervyu oldik.          

- Viloyatimizda dzyudo sport turiga bo'lgan qiziqish juda yuqori, - deya so'z boshladi M.Nabiev. - Kundan-kunga dzyudo bilan shug'ullanayotgan yoshlar soni ortib boryapti. Mamlakat miqyosi hamda xalqaro musobaqalardagi natijalarimiz ham chakki emas. Bugungi kunda viloyatimiz dzyudochilaridan Davlat Bobonov, Muhammadkarim Hurramov, Diyora Keldiyorova, Sardor Nurillaev O'zbekiston kattalar terma jamoasida, SHahboz Umirzoqov (-81 kg), Tehron Erkinov, Azizbek Ashurov (ikkalasi -60 kg), Vagif Ibodov (-66 kg), Sanjar Pardaev (-73 kg), CHingiz SHokirov (-100 kg) mamlakat yoshlar terma jamoasi azolari hisoblanishadi. Men sanab o'tgan dzyudochilar o'z vazn toifalarining etakchilari bo'lib turishibdi. Bobonov, Hurramov, Keldiyorova Olimpiada reyting o'rinlarini egallab turishibdi. Yoshlarimizdan Erkinov, Umirzoqov va Ibodov Osiyo chempionati hamda kubogi bahslarida zafar quchishgan.  

- Mo'min aka, Samarqand viloyatining qaysi tuman va shaharlarida ishlar to'g'ri yo'lga qo'yilgan?

- Samarqand shahri, Pastdarg'om, Nurobod, Urgut tumanlarida dzyudoga bo'lgan etibor juda yaxshi. SHu tuman va shaharlardan istedodli dzyudochilar ko'proq etishib chiqmoqda. Bu erda yaxshi murabbiylar ishlashyapti. Qolgan tumanlar ham ishni to'g'ri yo'lga qo'yishga harakat qilishyapti. Istedodlarning kashf qilinishi uchun raqobat kuchli bo'lishi kerak.

- Istedodlarning yuzaga chiqishi murabbiylarga bog'liq. Qaysi murabbiylarni alohida takidlagan bo'lardingiz?

- Bunday murabbiylar bizda bisyor. Nurali Qobilov, O'ktam Rahmonov, Ilhom Nurillaev, Jamol SHodmonov, Nam Valera, Suhrob Husainov, Ikrom Nurillaev, Lochin Tashaliev, Farmon Qobilov singari tajribali murabbiylarimiz boshqalarga o'rnak bo'lishyapti. 

- Davlat Bobonov, Muhammadkarim Hurramov, Diyora Keldiyorova singari sovrindor dzyudochilarimizning shuncha yoshlar orasidan otilib chiqishida asosiy omil nima bo'lgan? Olimpiadaga yo'llanma olish ostonasida turgan bu dzyudochilarimiz haqida to'liqroq malumot bering.

 - Davlat Bobonov Navoiy viloyati Nurota tumanida tug'ilgan. Yoshligidan Samarqand viloyat ixtisoslashtirilgan sport internatida o'qigan. Hozirgi kunda Samarqand davlat universitetining 4-bosqich talabasi. Murabbiyi - Nurali Qobilov. Muhammadkarim Hurramov Surxondaryo viloyatida dunyoga kelgan. U ham yoshligidan Samarqand viloyat ixtisoslashtirilgan sport internatida tahsil olgan. Bugungi kunda Samarqand davlat universitetining 4-bosqich talabasi. Murabbiyi- O'ktam Rahmonov. Diyora Keldiyorova Samarqand viloyatining Pastdarg'om tumani Juma shaharchasida tug'ilgan. Samarqand davlat universitetining 3-bosqich talabasi. Murabbiyi - Xurshida Xoliqova. Sardor va Kemran Nurillaevlar Samarqand viloyatining Urgut tumanida dunyoga kelishgan. Sardor Samarqand davlat universitetining to'rtinchi, ukasi Kemran esa 3-bosqich talabasi. Ikkalasini ham murabbiyi - Ilhom Nurullaev. 

- Mo'min aka karantin kunlarini qanday o'tkazyapsizlar? Terma jamoaga nomzod dzyudochilar, umuman viloyat terma jamoasi dzyudochilari bilan doimiy muloqot o'rnatilganmi?

- Karantin bo'lishiga qaramay, sportchilarimizni bo'sh qoldirmayapmiz. Masofaviy ishlar yo'lga qo'yilgan. Har kuni muloqotda bo'lib turibmiz. Kunlik vazifalar berib boramiz. SHu asosida karantinga amal qilgan holda, uy sharoitida mashg'ulotlarni bajarishyapti. 

- Sizlarni, yani murabbiylarni qanday muammolar qiynayapti? Federaciya, viloyat hokimligi qay tomondan yordam berishini xohlardingizlar?

- Bizda hozircha hammasi yaxshi. Yaxshi natijalarga erishayotgan dzyudochilar hamda ularning murabbiylari hokimiyat va federaciya tomonidan rag'batlantirib kelinmoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing