14 dek 09:26
Yangiliklar

Kolbi Kovington CHimaev bilan jang qilsa, qanday natija qayd etilishini aytdi
"Rostini aytaman, ushbu jangni qonunan tashkil qilishni deyarli iloji yo'q. Biz reytingning ikki tarafdan eng boshida turamiz. Xamzat hali top-10 jangchilarni mag'lub qilgani yo'q. Men esa besh yildan beri kuchli o'nlikdaman. SHu sabab ham, atletik komissiya bu jangga ruhsat bermaydi.
Bu tashkil qilingan taqdirda ham, jang to'liq Kolbi Kovingtonning ustunligida o'tadi. Oktagonga chiqaman va barcha xaypni yo'qqa chiqaraman. Bu sohta jurnalistlar tomonidan Xorxe Masvidal atrofidagi yaratilgan xaypga o'xshaydi. Ular juda katta shovqin hosil qilishdi va bum! Xayp eng ayanchli ravishda yo'qqa chiqdi.
SHu sabab ham, hech kim Xamzatning hali boshlanib ulgurmagan faoliyatini shu tariqa tugatib qo'yishimni xohlamaydi. CHimaev menga qarshi jangga chiqadigan bo'lsa, u qaytib tiklanmaydi. Bularning barchasi quruq gap so'z. Aynan shu yigit oddiy shamollashdan faoliyatni tugatib yubormoqchi edi. Hattoki, Jo Rogan ham bundan ikki kunda tuzalib ketdi. Xamzat esa juda ko'p yig'ladi va menda barchasi tugadi dedi.
Uning kalamushnikiga o'xshagan labini qarang. Bunday lab bilan qanday yashash mumkinligiga tushunmayman. Kafolat beraman, birorta qiz uning labiga ikkinchi marta qaramaydi", -dedi Kolbi Kovington.
Fikrlar