So’nggi yangiliklar

21:07FIFA Series. Ўзбекистон Венесуэлани мағлуб этди 0 19:05Арман Царукян Чимаев — Стрикленд жангига тахмин билдирди 0 18:41"Реал"нинг ёзги биринчи трансфер мақсади аниқ 0 18:20Оғир атлетика бўйича 2026 йилги Ўзбекистон чемпионати ўтказилди 0 17:59Ўзбекистон яна бир истиқболли спортчини маҳаллийлаштирди 0 17:38Девин Хейни Роландо Ромерога Шаҳрам Ғиёсов билан жанг қилишни маслаҳат берди 0 17:15"Ливерпул"нинг янги мавсумдаги мураббийи маълум 0 16:52Арман Царукян вазнини ўзгартиришга тайёр 0 16:25Дана Уайт Адесаньянинг мағлубияти ҳақида гапирди 0 16:02"Ҳозирги Макгрегор Хабибни икки дақиқада мағлуб этади" - ММА жангчиси 0 15:39Сеговиа Теласко: "Ўзбекистонга қарши ўйин қийинроқ бўлиши аниқ" 0 15:18Топурия — Гэтжи жангида захира жангчиси ким бўлиши айтилди 0 14:55Қирғизистонлик мураббий Франция терма жамоаси бош мураббийига айланди 0 14:33Арман Царукян: "Одамлар мени ақлдан озган деб ўйлашади, лекин..." 0 14:12Ўзбекистоннинг ЖЧ-2026`даги гуруҳдоши ўртоқлик ўйинида Францияга ютқазди 0

11 noy 15:35
Yangiliklar

Futbol

Komiljon Rasulov futbol hakamligidan umrbod chetlatildi

Teglar :  Komiljon Rasulov
O'FA hakamlar qo'mitasi qarori elon qilindi.

Coca Cola Superliganing 19-turidan o'rin olgan “Buxoro” - “Olimpik” uchrashuvida bahs bosh hakami 100-daqiqada penalti belgiladi va bu uchrashuv natijasiga tasir qildi.

Ushbu holat yuzasidan O'FA maxsus inspekciyasi tomonidan o'tkazilgan o'rganishlar davomida bosh hakam Komiljon Rasulov VAR takrorlarini ko'rish uchun monitor oldiga kelgan vaqtida butun boshli “Buxoro” jamoasining murabbiylar shtabi hamda zaxira o'yinchilari unga xalaqit berib, turli kurakda turmaydigan so'zlar bilan haqoratgani malum bo'ldi. SHu tufayli, bosh hakam VAR monitorini ko'rib, xato qilayotganini bilsa ham, hissiyotlarini jilovlay olmasdan “Buxoro” darvozasiga penalti belgilagan. Komiljon Rasulov o'z tushuntirish xatida aybiga to'liq iqror bo'lib, qasddan, hissiyotlarini jilovlay olmay, noto'g'ri qaror chiqarganligi uchun o'z pushaymonligini bildirib o'tdi.

Aniqlangan holat yuzasidan keltirilgan barcha dalillarga ko'ra, bosh hakam Komiljon Rasulov qoidalarga zid qo'pol xatosi tufayli Hakamlar tartib-intizom kodeksining 4.3-bandiga muvofiq futbol hakamligidan umrbodga chetlatildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing