21 sen 14:39
Yangiliklar

"Konor aynan men bilan jangni istamoqda" - CHendler
Avvalroq, Konor Makgregor Oq uydagi turnirda Maykl CHendler bilan jang qilishni istayotganini aytgandi.
"Bir narsani aniq aytishim mumkin: kutilmaganini kuting. Bu ish bilan Dana Uayt va Donald Tramp shug'ullanayotganda, ularning mahoratidan kelib chiqqan holatda, hamma narsani kutish mumkin. Bu jentelmenlar uchun imkonsiz narsaning o'zi yo'q. Bu tengi yo'q shou bo'ladi.
Albatta Konor nima deganini o'zingiz eshitdingiz. Bizning jangimiz amalga oshishi kerak. Bizda o'z tariximiz bor - u bilan birga The Ultimate Fighter shousida ishtirok etganmiz. U aynan men bilan jang qilmoqchi. Men ham aynan u bilan jang qilmoqchiman. Bu Oq uydagi UFC turniri uchun ideal markaziy jang", - dedi Maykl CHendler.
Fikrlar