05 jan 10:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor CHarlz Oliveyrani oson mag'lub etishini aytdi + FOTO
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor engil vaznda amaldagi chempion CHarlz Oliveyrani juda oson mag'lub eta olishiga ishora qildi.
Oliveyraning mashhur futbolchi Neymar bilan tushgan surati ustiga "Ikkalasini ham osongina mag'lub qilaman", - deb yozib qoldirgan Makgregor.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli CHarlz Oliveyra o'tgan yilning may oyida Xabibdan so'ng vakant qolgan UFC kamarini qo'lga kiritgandi. U ikkinchi raundda Maykl CHendlerni texnik nokautga uchratgan edi.
Dekabr oyida esa u ilk himoya jangini o'tkazdi. O'shanda CHarlz uchinchi raundda Dastin Poreni bo'g'ib qo'ygandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar