06 fev 10:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor - CHendler jangi qaysi vazn toifasida o'tkaziladi?
UFC sobiq chempioni Konor Makgregorning Maykl CHendlerga qarshi jangi yarimo'rta vazn toifasida (-77 kg) tashkil etiladi.
Bu haqida jurnalist Ariel Xelvani xabar berdi.
"Reja shundan iboratki, ular yilning uchinchi kvartalida jang qilishadi. Men sentyabr deb eshitdim. Vazn toifasi haqida gap bo'lgandi. Ertalab bizning ishonchimiz komil emasdi, ammo endi tasdiqlashim mumkinki, bu jang yarimo'rta vazn toifasida bo'lib o'tadi", - dedi Xelvani.
Havola :
Manba : MMA Show
Fikrlar