15 iyu 07:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Dastinga mag'lub bo'lganidan so'ng UFC reytingida pasayib ketdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor UFC 264 turnirida Dastin Porega yutqazgandan so'ng, engil vazn toifasidagi reytingda ikki pog'ona pasladi.
Reytingning avvalgi ko'rinishida Makgregor beshinchi o'rinda edi, endi u ettinchi o'rinda.
Porega kelsak, u engil vazn toifasidagi reytingda Jastin Getji va Beneil Dariushdan oldinga o'tib birinchi o'rinni egalladi. Divizion chempioni - CHarlz Oliveyra.
UFC jangchilarining yangilangan reytingida, vazn toifasidan qati nazar, Pore oltinchi o'ringa ko'tarildi. Undan yuqorida, avvalgidek, Jon Jons, Kamaru Usman, Israil Adesanya, Aleksandr Volkanovski va Frensis Ngannu turibdi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar