01 apr 16:19
Yangiliklar

Konor Magregor: "Iyun oyida Alkatras qamoqxonasida jang qilishim mumkin edi, lekin..."
"Avval aytganimdek, menda shartnoma bo'yicha ikkita jangim bor, muzokaralar olib boraman. Iyun oyida Alkatras qamoqxonasida jang qilish imkoniyatim bor edi, yaxshiroq aytganda, kelishuv. Ular menga murojaat qilishdi, biroq bu taklif menga yoqmadi. Jangchi sifatida men o'z qadrimni bilishim kerak. Men barcha PPV rekordlarimni saqlayman. Sotilgan chiptalar bo'yicha barcha rekordlarni saqlayman. Mening qaytishim barcha davrlarning eng katta yoki eng kutilgan qaytishi sifatida tan olinadi. SHunday qilib, hamma narsa to'g'ri bo'lishi kerak", dedi Makgregor.
Malumot uchun, Ring Magazine iyun yoki iyul oylarida Alkatras turmasida boks kechasini o'tkazishni rejalashtirmoqda. Asosiy tadbirda Teofimo Lopes ishtirok etishi kutilyapti.
Fikrlar