26 fev 10:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor Meyvezer - Pakyao revansh jangiga beshta so'z bilan taxminini aytdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor kichik Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o'rtasidagi revansh jangiga bashoratini berdi.
"Floyd uni yana osongina uradi", - deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, kichik Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o'rtasidagi ilk jang 2015 yilning 2 may kuni Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH) shahrida bo'lib o'tgan edi. Jang to'liq 12 raund davom etgan va hakamlarning yakdil qarori bilan amerikalikning g'alabasi bilan yakunlangandi.
Revansh jangi 19 sentyabr kuni "Sfera" (Las-Vegas) arenada bo'lib o'tadi. 2017 yilda Floyd professional boks qoidalari bo'yicha Konor Makgregorga qarshi jangda g'alaba qozongan edi.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar