19 mar 17:52
Yangiliklar
Konor Makgregor Ngannuning UFC'ni tark etish qarori haqida gapirdi
«U Performance Institute'da o'qidi, ularning barcha jihozlaridan foydalandi va buning uchun pul to'lamadi. Tushundingizmi? Rostini aytsam, u xato qildi deb o'ylayman. O'shandan beri u bir daqiqa ham jang qilgani yo'q. Balki, u jang qilishi, keyin yana bir bor o'ylab ko'rishi kerak edi. Rostini aytsam, nega bunday qilganini bilmayman, lekin unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman», - deya Makgregorning so'zlarini keltiradi MMAFightingonSBN YouTube kanali.
Eslatib o'tamiz, Ngannu hozirda 36 yoshda. Jangchi UFC'dagi debyutini 2015 yilning dekabrida o'tkazgan. 2023 yil yanvar oyida u UFC'dagi faoliyatini yakunladi va og'ir vazn toifasida chempionlik kamarini vakant qoldirdi. Uning bunday qarorga kelishiga moliyaviy sharoitdan noroziligi tasir qilgani aytilmoqda.
Fikrlar