29 mar 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor oktagonga qaytishi haqidagi savolga javob berdi
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor o'zining janglarga qaytishi borasida fikr bildirdi.
“Ha, UFC bilan yana ikkita janglik shartnomam bor. Ammo Oq uyga tashrif buyurganimdan keyin nimadir o'zgardi, men o'z mamlakatim uchun biror katta ish qilishni istashimni his qildim. Irlandiyada juda ko'p narsalar ro'y bermoqda. Qilgan ishlarimdan xursandman, lekin hali-hanuz menda xotirjamlik yo'q. Men jangchi sifatida o'zimning qiymatimni bilaman, ammo hozir barcha fikrlarim Irlandiya haqida. SHuning uchun bu ishni amalga oshirishni xohlayman. Aniq ishonchim komilki, bu menga muvaffaqiyat keltiradi", – dedi Makgregor.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar