28 okt 12:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor: Ronaldu futbol o'ynaganida Sulsher zaxirada o'tirardi
Konor Makgregor Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning poziciyasi haqida gapirdi.
"Yunayted"dagi muammo shundaki, bu shunchaki bir guruh yoshlarning bir-biri bilan suhbati. Ular tengdoshlar. Hamma narsani maqomi yuqori bo'lgan kishi boshqarishi kerak. Ronaldu o'ynaganida Ole zaxirada o'tirardi. Ular teng, bu yaxshi emas.
Men Oleni juda yaxshi ko'raman va hurmat qilaman, lekin uning rolini o'zgartirish kerak. Bu mening fikrim", - deya Konordan iqtibos keltirgan Daily Mail.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar