22 dek 19:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor UFC`da "Yil kambeki"ni aytdi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali "Yil kambeki" bo'yicha o'z tanlovini yozib qoldirdi.
Irlandiyalik yarimo'rta vazn (77 kg.gacha) toifasi chempionlik kamari uchun nigeriyalik Kamaru Usman hamda britaniyalik Leon Edvards o'rtasida kechgan jangni "Yil kambeki" deya etirof etdi. Avgust oyida UFC 278 turniri doirasida bo'lib o'tgan ushbu jang kutilmagan natija bilan yakuniga etgandi. To'rt raund davomida katta tashabbusga ega bo'lgan Usman jang yakunlanishiga bir necha soniya qolganda nokaut evaziga mag'lubiyatga uchradi.
"Bu jangni "Yil kambeki" deyishni bas qiling. U hamma narsaning g'olibi. Izohlar, jang, zarba, nokaut: "Pound-for-pound egasi, xed-shot. Murda!" – deya o'z fikriga izoh bergan Makgregor.
Havola :
Fikrlar