17 may 12:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor Makgregor UFC’ga qaytishi haqidagi anonsga munosabat bildirdi
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor oktagonga qaytishi haqidagi anonsdan so'ng ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq UFC rahbari Dana Uayt Makgregor 11 iyul kuni UFC 329 turnirida Maks Xolloueyga qarshi yarimo'rta vaznda jang qilishini malum qilgandi.
"Men seni yana kulgiga qoldiraman, bolam", — deb yozdi Makgregor X ijtimoiy tarmog'ida Xolloueyga murojaat qilib.
Makgregor va Xollouey ilk bor 2013 yilda jang qilishgan. O'shanda irlandiyalik sportchi hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar