14 noy 17:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregor: Xabib va Jons "echki" bo'lsa, unda men qassobman!
Konor Makgregor Xabib va Jons haqidagi "GOAT" (Greatest Of All Time), yani "Barcha davrlarning eng buyuk jangchisi" nomi uchun bo'layotgan bahslarga qo'shildi va bu borada o'z munosabatini bildirdi.
"Agar ular "echki" (goat) bo'lsa, unda men qassobman", - deya Tvitter sahifasida xabar yozib qoldirgan Makgregor.
Eslatib o'tamiz, "goat" ingliz tilidan echki deb tarjima qilinadi. "Barcha davrlarning eng buyuk jangchisi" va "echki" so'zi bir manoda keladi.
Havola :
Fikrlar