07 iyu 12:23
Yangiliklar
"Konor Makgregorning eng kuchli talqiniga qarshi jangga tayyorgarlik ko'ryapman" - Xollouey
"Uning oxirgi jangiga besh yil bo'ldi. SHu vaqt ichida juda ko'p narsa o'zgargan bo'lishi mumkin. Biz uning bu besh yil davomida nimalar bilan shug'ullanganini ko'rdik va savollar ham aynan shu erda paydo bo'ladi. Lekin men ruhiy jihatdan Konor Makgregorning eng yaxshi holatiga qarshi jang qilishga tayyorlanyapman. Besh yil ichida inson o'zini qayta tiklab olishi, tanasiga etibor qaratishi, vazn tashlash azobini chekmasligi va organizmga to'liq tiklanish imkonini berishi mumkin.
Bilaman, ko'pchilik: "Maks, sen ko'rmisan? Biz uning qanday hayot kechirayotganini ko'rdik-ku", deydi. Lekin haqiqat shuki, balki u aynan shuni ko'rishingizni istagandir. Yopiq eshiklar ortida nima bo'lganini hech kim bilmaydi, axir kamera uni sutka davomida kuzatib yurmagan. Baribir men Konor Makgregorning eng kuchli versiyasiga qarshi jangga tayyorgarlik ko'ryapman va buni intizorlik bilan kutyapman", — dedi Xollouey.
Fikrlar