06 mar 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/56369_220.jpg)
Konor MakGregorning festivaldagi ulkan qo'g'irchoq nusxasi FOTO
MakGregor brendi jahon bo'ylab mashhur bo'lishda davom etadi.
Bir necha kun oldin Malta poytaxti Valetta shahrida "La Karnival Ta Malta" qo'g'irchoq karnavali bo'lib o'tdi.
Karnavalning eng yorqin qo'g'irchoqlaridan biri irlandiyalik sportchining qo'g'irchog'i bo'ldi. Unda irlandiyalik sportchi qo'lida pivo ko'tarib turgani aks etgan. Tashkilotchilar bu borada biroz adashgan ko'rinadilar. Bugungi kunda MakGregor pivo emas, boshqa ichimlik bilan ovora. Ammo, ular Konorning tatuirovkasini ham yoddan chiqarishmagan.
Malumot uchun, Malta karnavali 1535 yildan buyon o'tkaziladi va orolning eng yirik madaniy tadbirlaridan biridir. Karnaval davomida bal, maskarad kostyumlardagi tanlovlar, tungi bayramlar bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar