01 mar 08:51
Yangiliklar
Boks/MMA

"Konor mendan hech qaerga qochib keta olmaydi"
Yarim engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Maks Xollouey Konor Makgregorga qarshi jang haqida fikr bildirdi.
"Konorga qarshi jangda mantiq bordek. Agar u Dastinni mag'lub etganida, bunday demagan bo'lardim. Vaqt o'tgan sari jangimiz haqida malumot paydo bo'ladi deb o'ylayman. Konor mendan hech qaerga qochib keta olmaydi. Jangimiz UFC'ning ro'yxatida borligidan xursandman", - dedi Xollouey.
Malumot uchun, Xollouey va Konor o'zaro 2013 yilda jang qilgan va o'shanda Konor g'alabaga erishgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar