12 sen 08:47
Yangiliklar

Konor Neyt Diasning g'alabasiga munosabat bildirdi
Amerikalik Las-Vegasda o'tgan UFC 279 turnirining markaziy jangida Toni Fergyusonni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan edi.
"Men vaqtinchalik UFC promoushenini tark etmoqchiman. Men boshqa jangchilarga bugungi chiqishim bilan ko'p narsani isbotlab qo'ydim. Konor Makgregor esa bu ishlar qanday amalga oshirilishini bilmaydi, hatto tushunmaydi ham", - deya jangdan keyin intervyu bergandi Diaz.
"Qo'ysangchi, og'ayni, men pulga cho'milayapmanku! Qanaqa ertak aytayapsan? Tentak, men qilgan ishlarni hali hech kim ko'rmagan. Sen mensiz hech kim emassan. Menga nisbatan hurmatli bo'lishingni talab qilaman. Sen ham, Toni ham Qirolni hurmat qilinglar!", - deya Neytning gapiga javob qaytargan Konor.
Fikrlar