06 okt 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Oliveyrani nokaut qilishga vada berdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o'zining ijtimoiy tarmoqlarida yangi post joylashtirdi.
Postda Konor braziliyalik jangchi CHarlz Oliveyrani nokautga uchrata olishini malum qilgan.
"Jang o'tkazgan har bir braziliyalikni nokautga uchratganman. SHunday ekan CHarlzni ham nokautga uchrataman", — deb yozadi Makgregor.
Eslatib o'tamiz, Oliveyra navbatdagi jangini rossiyalik Islam Maxachevga qarshi o'tkazadi. Jang UFC 280 turnirida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Oliveyra UFC 274 turnirida Jastin Getjini birinchi raundning o'zida bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgandi. Ammo, bu vaznda chempionlik kamari vakant bo'lib qolmoqda. Bunga CHarlzning belgilangan vaznni qila olmagani sabab bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar