21 dek 11:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor qachon qaytadi? Dana Uayt javob berdi
UFC prezidenti Dana Uayt ikki vaznda sobiq chempion Konor Makgregorning qachon oktagonga qaytishi haqida berilgan savolga javob berdi.
"Bu yigitchaning puli ko'p. Lekin shunday bo'lsa-da, janglarda ishtirok etishga xohishi juda yuqori. U qaytishga bor kuchini yo'naltirgan va imkon qadar bu ishni tezroq amalga oshirmoqchi. Konor bu haqida menga aytgandi. O'zi ham ijtimoiy tarmoqlarida bu haqida yozib kelyapti. U qachon qaytadi? Agar oyog'idagi jarohat kutilganidan ham tezroq tuzalsa, yozda uni oktagonda ko'rishimiz mumkin", — dedi Dana Uayt.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Konor Makgregor 11 iyul kuni Dastin Porega qarshi o'tkazilgan jangda oyog'ini sindirib olgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar