17 may 14:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Konor va boshqalar. UFC 329 turnirining asosiy kard janglari malum qilindi
UFC 329 turnirining asosiy kard jangchilari malum qilindi.
Turnir T-Mobile Arena arenasida bo'lib o'tadi.
Kechaning markaziy jangida irlandiyalik Konor Makgregor amerikalik Maks Xolloueyga qarshi yarimo'rta vaznda jang qiladi. Bu ularning ikkinchi o'zaro to'qnashuvi bo'ladi. Ilk jang 2013 yilda o'tgan va unda Makgregor hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan.
SHuningdek, asosiy kardda quyidagi janglar o'tkazilishi elon qilindi:
— Benua Sen-Deni — Peddi Pimblett
— Kori Sendxagen — Mario Bautista
— Brendon Royval — Lonir Kavana
SHuningdek, UFC’da Geybl Stiveson debyut qiladi. U Elisha Ellisonga qarshi jang o'tkazadi.
UFC 329 turniri 11 iyuldan 12 iyulga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar