So’nggi yangiliklar

09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0

23 okt 16:26
Yangiliklar

Boks/MMA

Konor Xabibdan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Barchasi haqqoniy bo'ldi"

UFC jangchisi Konor MakGregor Xabib Nurmagomedovga qarshi jang haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Olamsport.com sayti sportchi o'z ijtimoiy tarmog'ida qoldirgan xabarining o'zbekcha talqinini etiboringizga havola etadi. 


"Sport nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo'lsak, birinchi raundda u g'alaba qozondi. To'g'ri, u aniq zarbalar bera olgani yo'q. Lekin, baribir menga qaraganda yaxshiroq ko'rindi. Jang tomonlama olib qarasak men birinchi raundda yutdim. Zarbalarim o'z manzili tomon etib bordi. Raqib deyarli butun raund davomida "setka" oldida meni oyoqlari bilan qisib oldi.

Ikkinchi raund. U mendan qochib yurdi. Ammo, keyin o'ng tomondan zarba berdi va bu raundni o'zgartirib yubordi. Jang borishiga ham o'z tasirini ko'rsatdi. Bu juda yaxshi zarba bo'lgandi.

Men zarba o'tkazib yuborganimdan so'ng yana qaytishga harakat qildim. Ammo, u meni "o'chirib qo'ydi". Bu sport va u aqlli qaror qabul qildi. Bu orqali raqib tashabbusga ega bo'ldi. Ajoyib ish.

Bu men uchun dars bo'ldi.

Uchinchi raund. Men faoliyatimdagi eng yomon raunddan so'ng qaytdim va uni ortda qoldirdim. Yana oldinga boryapman, uni taslim etmoqchiman va jang qilishga tayyorman.

To'rtinchi raund. Men o'z saviyamga mos ravishda tiklana olmadim. Bu mening xatoim.

Bazi vaziyatlarda mening qo'lim baland keldi. Keyin tashabbus yana u tomonga o'ta boshladi. Men yomon poziciyaga tushib qoldim - raund tugashiga esa yana uch daqiqa vaqt bor edi. Poziciyamni qaytarib olish uchun harakat qilyapman. So'ngra "setka"ga orqa qilib vertikal holatga tushdim.

Bu erda esa qo'lim bilan harakat qilishni istamay xatoga yo'l qo'ydim. U orqamga o'tib oldi va men yutqazdim - barchasi haqqoniy va adolatdan bo'ldi.

Nima deyishim mumkin? Ajoyib jang, menga yoqdi.

Men yana tayyorgarlik ko'raman va to'liq o'zimga ishongan holda qaytaman.

Revansh o'tkazilmaydimi? Mayli. Men navbatda turgan keyingi raqib bilan uchrashaman. Barchasi o'zimga bog'liq.

Yaqinda ko'rishamiz. Muxlislarim, sizlarni yaxshi ko'raman", - deb xabar qoldirdi MakGregor Instagramdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, MakGregor Xabibga qarshi jangning to'rtinchi raundida mag'lub bo'lgandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing