29 dek 11:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor "Yil nokauti" nominaciyasi ovoz berish jarayonida yutqazmoqda
Rossiyaning "championat.com" internet nashri bir nechta nominaciya bo'yicha yakuniga etib borayotgan 2020 yilning eng yaxshilarini aniqlamoqda.
Jumladan, "Yil nokauti" nominaciyasida Xoakin Bakli 46 foiz ovoz bilan so'rovda birinchi o'rinda bormoqda. Kodi Garbrandt 20 foiz bilan ikkinchi, ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor 14 foiz bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Yil nokauti:
1. Xoakin Bakli — 46%
2. Kodi Garbrandt — 20%
3. Konor Makgregor — 14%
4. Frensis Ngannu — 14%
5. Kevin Xollend — 6%
Malumot uchun, 24 dekabr kuni boshlangan so'rovnoma 9 yanvarda yakuniga etadi. Muxlislar bergan ovoz yakunlariga ko'ra, 7 ta nominaciya bo'yicha "Yilning eng yaxshi yulduzlari"ni aniqlanadi.
Havola :
Fikrlar