24 iyu 16:41
Yangiliklar
Boks/MMA
"Konorga qarshi jang qilishim kerak edi, ammo u oson yo'lni tanladi" - Oliveyra
UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyraning fikricha, Konor Makgregor ataylab uni chetlab o'tib, osonroq raqib deb hisoblagan Maks Xolloueyni tanlagan.
"Makgregor — Xollouey jangi bo'lmasligi kerak edi. Konorning raqibi men bo'lishim lozim edi. Hamma tushunadiki, men va Xollouey o'rtasidagi jang g'olibi Makgregor bilan to'qnashishi kerak edi.
Konor hammasini hisoblab chiqdi va o'zicha eng oson yo'lni tanladi — Maksga qarshi jang qilishni. Voqealarning bunday rivojlanganidan xafaman, ammo jangni birinchi qatordan turib tomosha qilaman va har ikki jangchiga ham muxlislik qilaman", — dedi Oliveyra.
Havola :
Manba : AgFight
Fikrlar