23 okt 18:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Konorning murabbiyi: Fedor barcha davrlarning eng buyuk jangchisi. Uning uslubi men va Konorga yordam berdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning murabbiyi Jon Kavana Fedor Emelyanenkoga munosabati haqida gapirdi.
«Fedor - barcha davrlarning eng buyuk jangchisi. Nega Konor emas? CHunki Fedor eski MMA maktabining vakili. Fedorning PRIDE FC'dagi janglarini ko'rganimdan keyin bu sport turiga qiziqa boshladim. O'sha yillarda uning faoliyatini qanchalik diqqat bilan kuzatib borganimni eslayman.
Menga uning texnikasi yoqdi, ularni zalda takrorlashga harakat qildim. Bularning barchasi menga va qolgan tomoshabinlarga, jumladan Konorga ham katta yordam berdi. Fedor mening faoliyatimga katta tasir ko'rsatdi», - dedi Kavana.
Eslatib o'tamiz, Fedor Emelyanenko bugun, 23 oktyabr kuni Moskvada Bellator 269 musobaqasida Timoti Jonsonga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar