24 mar 16:13
Yangiliklar
Futbol
Konte "Tottenxem" mashg'ulotiga kelmadi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte klubning bugungi mashg'ulotiga kelmagan.
53 yoshli mutaxassis hali ham Italiyadagi uyida qolmoqda. U mashg'ulot jarayonini boshqarishga yordamchisi Kristian Stellinini qoldirgan. Konte uning "Tottenxem"dagi kelajagi oydinlashishini kutmoqda va shundan keyingina Londonga qaytish niyatida. Biroq Kontening bunday harakati rahbariyatga ijobiy tasir qilmasligi turgan gap.
SHu bilan birga "Tottenxem" va Konte shartnomani bekor qilish borasida muzokaralarni ham boshlab yuborishgan. Tomonlar 5 mln evro kompensaciya puli bilan masalani hal qilish niyatida.
Havola :
Manba : football-italia.net
Fikrlar