So’nggi yangiliklar

18:47"Ролан Гаррос". Элина Свитолина камбэк эвазига 1/4 финалга чиқди 0 18:26Валентина Шевченко бекор бўлган даъвогарлар жангидан кейин ўзига рақиб танлади 0 18:05“Thailand Open” мусобақасида жами 16 та медаль қўлга киритдик 0 17:44"Ман Сити" икки ярим ҳимоячи учун 100 млн евро сарфлайди 0 17:23Финалида Шин ўйнаган M15 Tashkent 2 турнири якунланди 0 17:02Сауль "Канело" Альварес қачон аниқ кетишини айтди 0 16:41Жаҳон чемпионатида тенгсиз бўлган пара шашкачиларимиз Ватанимизга қайтишди 0 16:20Рюдигер "Ал Ҳилол"нинг катта маошли таклифини рад этди 0 15:59Кутилмаган хабар. UFC 320 турнири мезбонлиги Мексикадан олиб қўйилди, янги локация маълум! 0 15:38"Ролан Гаррос". Коко Гофф тўртинчи давра иштирокчиси 0 15:17Thailand Open. Бокс бўйича эркаклар терма жамоамиз умумжамоа ҳисобида биринчи бўлди 0 14:56“Ман Сити“ етакчисига янги шартнома таклиф қилади 0 14:35Хуршид Тожибоев Испанияда проф боксдаги 8-жангини ўтказди 0 14:14Арман Царукян Москвада жанг ўтказди 0 13:53"Ролан Гаррос". Дунёнинг биринчи ракеткаси рақибига учтагина гейм берди 0

15 avg 22:40
Yangiliklar

Dzyudo, Og'ir atletika

Konya-2021: Og'ir atletikachi va dzyudochilarga atalgan kun (15 avgustdagi barcha natijalarimiz)

Turkiyaning Konya shahridagi Islom birdamligi o'yinlari qizg'in pallaga kirib bormoqda.

O'zbekistonlik sportchilarning 15 avgust kungi ishtiroki haqidagi malumotlar bilan ushbu sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin bo'ldi. 


SAHIFANI YANGILASH



Qilichbozlik. Sablya bo'yicha ayollar o'rtasidagi jamoaviy bahslarda qizlarimiz finalgacha etib borishdi va hal qiluvchi bahsda Ozarbayjon vakilalariga 34:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Kumush! Jamoamiz sharafini Zaynab Dayibekova, Sevinch Ismoilova, Paola Pliego va Aysulu Usnatdinova himoya qildi. 


Qilichbozlikda bronza. Rapira yo'nalishida ayollar o'rtasida yarim finalda turkiyalik raqibasiga qarshi bahs olib borgan hamyurtimiz Umida Ilyasova imkoniyatni boy berib qo'ydi va bronza medaliga ega chiqdi. 


Suzish bahslaridagi eng qiziqarli yo'nalishlardan biri hisoblanmish 50 metrga erkin usulda suzish bo'yicha final bellashuvi yakunlandi. Unda ishtirok etgan 2 nafar vakilimiz sovrindorlar qatoridan joy oldi. Yakunda Xurshidjon Tursunov 22.51 soniya bilan ikkinchi, 22.72 soniya qayd etgan Aleksey Tarasenko esa uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Tursunovning natijasi yangi O'zbekiston rekordi sifatida qayd etildi.


Suzish. Yosh suzuvchimiz Egor Petryakov Konya havzalarida yana bir bor sovrindorlar qatoridan joy oldi. Kuni kecha 400 metrga erkin usulda suzish bahsida bronza medali bilan taqdirlangan atletimiz bugun ayni shu masofaga kompleks dasturda kechgan bellashuvda ham uchinchi natijani qayd etdi.


Dzyudo. -73 kg vazn toifasida SHahram Ahadov ham terma jamoamiz hisobiga oltin medalni qo'shib qo'ydi!


Og'ir atletika. Akbar Jo'raev siltab ko'tarish va umumiy hisob bo'yicha ham oltin medalga ega chiqdi. Olimpiada chempioni Islom birdamlik o'yinlarida ham birinchi! Akbarda ham Ruslan kabi uchta oltin!


Dzyudo. -57 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Nilufar Ermaganbetova ham oltin medalni terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'ydi!


Og'ir atletika. Akbar Jo'raev dast ko'tarish bahslarida oltin medalni qo'lga kiritdi!


Dzyudo. Sardor Nurillaev ham -66 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor bo'ldi. 


Dzyudo. -52 kg vazn toifasida ishtirok etgan dzyudochimiz Diyora Keldiyorova finalda raqibasini mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi. 

Ushbu vaznda bronza medali uchun bahs olib borgan Sita Qadamboeva ham raqibasini mag'lubiyatga uchratib, bronza medal sohibasiga aylandi. 

-60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Kemran Nurillaev finalda ozarbayjonlik Balabay Ag'abaevga imkoniyatni boy berib qo'ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.


Og'ir atletika: Ruslan Nuriddinovdan uchta oltin! U dast ko'tarishda, siltab ko'tarishda va umumiy hisobda oltin medallarga ega chiqdi!


DZYUDO:  SHahram Ahadov ham turkiyalik raqibini engdi va finalga yo'l oldi



DZYUDO: Kemran Nurillaev, Sardor Nurullaev, Diyora Keldiyorova, Nilufar Ermaganbetova finalga yo'l oldi. SHuningdek, Isoqova Kadambaeva bronza medali uchun tatamiga chiqsa, SHahram Ahadov birozdan so'ng yarim final bahsida ishtirok etadi 



Qilichbozlik shpaga yo'nalishi:Qilichbozlik rapira. Umida Ilyasova, Marjona Usmonova, Komila Mirzaeva chorak finalda.

Og'ir atletika: Ruslan Nuriddinov dast ko'tarishda oltin medalni qo'lga kiritdi. SHuningdek, hamyurtimiz Osiyo birdamlik o'yinlarining yangi rekordini o'rnatdi.

DZYUDO: Ozarbayjonlik raqibidan ustun kelgan SHahram Ahadov (-73 kg) 1/2 finalga yo'l oldi

Qilichbozlik shpaga yo'nalishi: Nodirbek Mo'minov va Fayszulla Alimov yarim finalga yo'l oldi

Para stol tennisi: hamyurtimiz Rasul Atamuratov Pokiston vakili Altaf-Ul-Rahman bilan tandem hosil qildi va musobaqaning bronza medaliga ega chiqdi.

 

Og'ir atletika: Amriddinov SHarofiddin siltab ko'tarishda 191kg bilan muvaffaqiyatli boshladi, ikkinchi urinishida 198kg vaznni o'ziga bo'ysundirgan bo'lsa, oxirgi urinishida 201kg da biroz omad etishmadi. Ikkikurashda sportchimiz 370kg bilan o'z chiqishlarini yakunladi. Sportchimizni bronza medali bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda bundanda yuqoriroq natijalarga erishishini tilab qolamiz

DZYUDO: Sardor Nurullaev (-66 kg) turkiyalik raqibini taslim etdi va 1/2 finalga yo'l oldi

DZYUDO: Sevinch Isoqova (-63 kg) va Nilufar Ermaganbetova (-57 kg) bir vaqtning o'zida ikkita tatamida mos ravishda Turkmaniston hamda Turkiya dzyudochilarini mag'lubiyatga uchratishdi

DZYUDO: Kemran Nurillaev (-60 kg) va SHahram Ahadov (-73 kg) bir vaqtning o'zida ikkita tatamida mos ravishda Turkmaniston hamda Livan dzyudochilarini mag'lubiyatga uchratishdi…

Og'ir atletika: Amriddinov SHarofiddin dast ko'tarishda 172 kg vazn ko'rsatdi va bronzani qo'lga kiritdi.

DZYUDO: Diyora Keldiyorova ortiqcha qiyinchiliksiz yarim finalga yo'l oldi. Bu safar CHad davlati vakilasi mag'lub etdi…

Sita Kadambaeva mezbonlar vakilasidan ustun keldi va 1/2 finalga yo'l oldi. Bizni yarim finalda derbi kutmoqda: Diyora Keldiyorova vs Sita Kadambaeva…

DZYUDO: Nilufar Ermaganbetova (-57 kg) qirg'izistonlik raqibasini vazari bahosi bilan taslim etdi

DZYUDO:  Sardor Nurullaev qozog'istonlik raqibini ippon bahosi bilan taslim etdi

Og'ir atletika: Endigina 20 yoshga qadam qo'ygan og'ir atletikachimiz Tursunoy Jabborova Islom birdamligi o'yinlarida og'ir atletika bo'yicha ayollar o'rtasida -87 kg vazn toifasida kechgan bahslarda mutlaq chempionlikni qo'lga kiritdi.

Dast ko'tarishda 109 kg, siltab ko'tarishda 126 kg, ikki kurashda 235 kg natija ko'rsatgan Tursunoy barcha yo'nalishda oltin medallarni o'ziniki qildi. Ofarin, Tursunoy!

DZYUDO. Diyora Keldiyorova va Sita Qadamboeva musobaqadagi ishtirokini g'alaba bilan boshlashdi. Diyora tojikistonlik, Sita esa turkmanistonlik raqibasidan ustun keldi. 


SUZISH. 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida Xurshid Tursunov 22:83, Aleksey Tarasenko esa 22:90 natija bilan o'z saralash guruhida 1-o'rin bilan finalga yo'l oldi. 

100 metrga brass usulida Vladimir Mustafin 1:04.86 natija bilan o'z saralash guruhida 3-o'rin, finalda medallar uchun kurashadi. SHu distanciyada Iskandar Sadullaev 1:06.43 natija bilan finalga yo'l oldi. 

Nihoyat Egor Petryakov 400 metrga kompleks usulda suzish bahslarida 4:42.49 natija bilan o'z saralash guruhida 2-o'rin va finalga chiqdi


Bugun startga chiqadigan hamyurtlarimiz ro'yxati bilan tanishing:

Og'ir atletika: Tursunoy Jabborova (-87 kg), SHarofiddin Amriddinov (-102 kg), Ruslan Nurudinov (-109 kg), Akbar Jo'raev (+109 kg)

Qilichbozlik: Roman Aleksandrov, Nodirbek Mo'minov, Javohir Nurmatov (shpaga), Umida Ilyasova, Kamila Mirzaeva, Ilayda Gedikli, Marjona Usmonova (rapira), Zaynab Dayibekova, Paola Pliego, Aysulu Usnatdinova, Sevinch Ismoilova (jamoaviy sablya)

Dzyudo: Kemran Nurillaev (-60 kg), Sardor Nurillaev (-66 kg), Diyora Keldiyorova (-52 kg), Sita Qadamboeva (-52 kg), SHahram Ahadov (-73 kg), Nilufar Ermagambetova (-57 kg)

Para stol tennisi: Rasul Atamurodov

Suzish: Xurshidjon Tursunov va Aleksey Tarasenko (50 m erkin), Iskandar Sadullaev va Vladislav Mustafin (100 m brass), 4x200 m estafeta (erkaklar), Ulyana Nazmutdinova (200 m chalqancha), Egor Petryakov (400 m kompleks), Afsona Niyazova (1 500 m erkin), Olimjon Odilov (100 m brass)

Basketbol 3x3 ayollar: O'zbekiston – Mali, O'zbekiston – Uganda

Kamondan otish: Ziyoda Abdusattorova, Zebiniso Abdusattorova, Nilufar Hamroeva, Amirxon Sadikov, Ozodbek Ungalov, CHen Yao Yuy

Ananaviy turk kamoni: Dilnoza Ahmadjonova, Flyura Raimbekova, Yusuf Ahmadjonov, Abbosjon Minavarov

Stenddan otish: Bekzod Abdurahimov, Behruz SHaripov (skit).

Reyting: +1   

Fikrlar

+3   
15 avg 14:36:33
Тож
Исломиададан кундалик учун рахмат. Мана шунақа хабарлар бериб борилса ажойиб!
+2   
15 avg 15:14:07
Durimov Ro'zimboy
Bitta musobaqani olib bera olmagan sport kanali bizga keragi yoq, bu yam davlatni pulini yeb yotishibdi
+1   
15 avg 19:49:38
Inomjon Boltayev
Nilufardaham oltin
+1   
15 avg 18:30:58
Inomjon Boltayev
Shahram Ahadovham finalda
+1   
15 avg 17:05:28
Inomjon Boltayev
Sevinch Isokova yarim finalda qoldi bronza uchun kurashadi
+1   
15 avg 16:59:08
Inomjon Boltayev
Kemran finalda
   
17 avg 00:13:48
Samy Samy
якунда натижа нима булди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing