So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

15 mar 11:48
Yangiliklar

Ot Sporti

Ko'pkari – er yigitlar o'yini!

Maydonda or-nomus, g'urur talashish polvonlarning qonida bor.

O'zbek yigiti bolaligidan bilagiga kuch, boshiga aql yig'adi. Xalqimizda ot minishga, ko'pkari tomosha qilishga qiziqmagan yigit kam bo'lsa kerak.

Ko'pkari – ko'pning ishi. Uni tashkil etish, g'oliblarni munosib baholash, tomoshaga kelgan elga osh tarqatish ancha mushkul ish. Sayillar, hosil bayramlari, Navro'z va to'ylarda yuzlab chavandozlar ishtirokida keng dalalarda zavqli o'yinlar uyushtirilgan. Bu bayramlarda ko'pkari bilan birga kurash, chovg'on, arqon tortish va xo'roz urishtirish kabi o'yinlar ham o'tkazilgan.

– Ko'pkari – O'rta Osiyo xalqlari tamaddunida katta ahamiyatga ega mardonavor o'yin, – deydi tarix fani o'qituvchisi Bekzod Himmatov. – Uni tashkil etishda alohida tayyorgarlik, arzigulik sabab bo'lishi kerak. Qadimdan sayillar, hosil va Navro'z bayramlarida umumxalq o'yinlari qatorida ko'pkari o'ynalgan. Buni chavandozlar yaxshi biladi va elga tomosha ko'rsatib, ko'pkari uyushtirsa, mohir chavandozlarni mehnatiga yarasha rag'batlantirsa, go'yoki muqaddas ot pirlari oldidagi qarzlarini ado etgandek bo'ladi.

Ko'pkari oddiy ko'ngilochar o'yin emas, u erni er qiladigan, unda mardlik, jasurlik, epchillik va dovyuraklikni shakllantiradigan jiddiy mashg'ulot. Asosiy masala sovringa qo'yilgan qimmatbaho narsa emas, aksincha, bakovulning adolati, nomdor chavandozning abjirligi, haqiqat g'alaba qozonishi, omad doim mardniki bo'lishidir.

– Mana qariyb qirq yildan buyon ot choptiraman, – deydi surxondaryolik chavandoz Azamat Tohirov. – Ovul oshib, uzoq yo'l bosib hududlarda o'tkaziladigan ko'pkarilarga qatnashib, o'z nasibamizga yarasha taqdirlanaman. SHu vaqt ichida ko'pkari umrimning mazmuniga aylanib ulgurdi. Otga mehrim bo'lakcha. Surxon vohasida azaldan yilqichilik yaxshi rivojlangan, xonadonlarda zotdor ot boqish ko'pchilik ot ixlosmandlari uchun oddiy holdir. Bolaligimdan uyimizda ot bo'lgan. Otam chavandoz bo'lmasa-da, ot parvarishidan xabardor kishi edi. SHu tufayli otga mehr qo'yib, nom qoldirdik. Viloyatlarga borsak, “Azamat chavandoz” kelyapti, deb iliq kutib oladi. Men kabi chavandozga bundan ortiq ehtirom kerak emas. Eng muhimi, ota-bobomizdan meros urf-odatlarimizning ommalashishiga hissa qo'shyapmiz. 

Qadim-qadimdan xalqaro miqyosda o'ynalib kelinadigan ko'pkari biroz muddat taqiqlarga duchor bo'ldi. Bugun bu o'yinga nisbatan barcha taqiq va cheklovlar olib tashlangan. CHavandozlar qadlarini baland ko'tarib, milliy va qadimiy sport turi bilan shug'ullanishda davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing