20 jan 22:51
Yangiliklar

"Ko'rdik kimlar bilan jang qilayotganingni". "SHohjahon - SHahram seriali" davom etadi
SHundan so'ng SHahram kommentda ushbu "serial"ni davom ettirdi: "Men bilan urishish uchun senga hali ancha bor... 60 kg.li temirlar yordam bermaydi senga, yaxshiroq trenirovka qil!", - deb izoh qoldirdi.
O'z navbatida, SHohjahon Ergashev ham bo'sh kelgani yo'q: "Ko'rdik kimlarni urib yurganingni seni ham. Sal pastroqqa tush. Kel, vaqtga qo'yib beraylik, ring ko'rsatsin. In SHaa Allah 2:0 bo'ladi hisob", - deya qachonlardir SHahramning ustidan g'alaba qozonganini shama qildi.
G'iyosov esa: "Men endi gapirmay kimlar bilan tushib yurganingni... Uyat kerak katta gapirishga! Ringda gaplashamiz!”.
O'zbek boksining ikki yorqin yulduzi o'rtasidagi bunday izohlar hech ham «trend»dan qolmaydigan «SHohjahon-SHahram seriali»ning yanada kengroq muhokama qilinishiga sabab bo'lmoqda. Voqealar rivoji qanday tus olishi barchaga birdek qiziq. Kutamiz, kuzatamiz…
Fikrlar
Olgʻa Shohjahon yoramiz.