28 avg 12:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Koreyalik Zombi Maks Xollouey bilan jangdan so'ng faoliyatini yakunladi + FOTO
Yarim engil vazn toifasida koreyalik UFC jangchisi, "Koreyalik Zombi" taxallusi bilan mashhur CHon CHang Son professional faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
Koreyalik Zombi 26 avgust kuni Singapurda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 225 turnirining markaziy jangida amerikalik sobiq chempion Maks Xolloueyga uchinchi raundda nokaut bilan mag'lub bo'lgandi.
CHon CHang Son 36 yoshda. U professional faoliyatini 2007 yilda boshlagan va 2011 yilning mart oyida UFC bayrog'i ostida debyut jangini o'tkazgandi.
Tashkilotdagi faoliyati davomida Koreyalik Zombi Dastin Pore, Joze Aldo, Yair Rodriges, Frenki Edgar, Brayan Ortega va Aleksandr Volkanovski kabi jangchilar bilan to'qnash keldi. Uning hisobida 17 ta g'alaba va 9 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar