So’nggi yangiliklar

20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0

30 avg 19:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Nega aynan “Zombi”? (mutolaa uchun)

Teglar :  Koreyalik zombi
Bu “bemaza” yigit o'zining aqldan ozgan uslubi bilan tanilgan.

Himoyalanish haqidagi fikrlar uning uchun ikkinchi darajali hisoblanadi...

26 avgust kuni UFC faxriysi CHan Sung Jung Singapurdagi turnirning asosiy jangida Maks Xolloueyga qarshi bahs olib bordi. Aralash yakkakurash olamida Jung ko'proq “Zombi” nomi bilan mashhur. Xo'sh, unga bunday laqab nega berilgan? Jung maktabda ko'p bor zo'ravonlikkka uchragan, hatto qizlardan tomonidan xam kaltaklangan, keyin esa jang sanati bilan shug'ullanishni boshlagan. Hammasi ana o'shandan keyin boshlandi...


CHan Sung Janubiy Koreyaning Poxan shahrida tug'ilgan, biroq o'smirlik chog'ida Seul yaqinidagi kichik shaharchaga ko'chib o'tgan va u erda jiddiy zo'ravonlikka duch kelgan. Tengdoshlari uni nafaqat begona deb bilishadi, balki jismoniy holati ustidan ham mazah qilishardi. Boisi, u past bo'yli va ozg'in yigit bo'lgan. “Meni har kuni haqorat qilishdi va laqablar qo'yishdi. Do'stlarim yo'q edi. Hatto qizlar ham meni urishardi. Faqat sabr qilish qolgandi”, - deya xotirlaydi jangchining o'zi. 


“Zombi”ning xolasi uni koreys milliy jang sanati – Hapkidoga olib kelganidan so'ng barchasi o'zgardi. Oradan bir yil o'tgach, u kikboksingga o'tdi, o'zini dzyudoda va jiu-jitsuda ham sinab ko'rdi, 18 yoshga etganida taekvondoga bordi. Jung o'zining MMA karerasini Osiyo promoushenlarida 9 ta g'alaba bilan boshladi. Koreys jangchisi 2010 yildan etiboran muxlislar nigohiga tushdi. O'sha yili WEC 48 musobaqasida Leonard Garsiya bilan kechgan 3 raundlik jangda garchi mag'lub bo'lgan bo'lsa-da, oqshomning eng yaxshi jangi uchun taqdim taqdim etiladigan bonus sohibiga aylandi. Uning jangi UFC rahbariyatida iliq taassurot qoldiradi va o'sha kunning o'zidayoq promoushen yosh CHan Sung haqida kichik bir maqola elon qiladi. 

“23 yoshli bu “bemaza” yigit o'zining aqldan ozgan uslubi bilan tanilgan. Himoyalanish haqidagi fikrlar uning uchun ikkinchi darajali hisoblanadi. Qo'llari doim pastda va iyagi doim baland – bu juda hayratlanarli. U raqiblarining zarbalarini deyarli his qilmaydi. Dushmanning kuchli zarbalarini uni bezovtalantirmaydi. Amerika koreys “zombi”sini tabriklaydi”, deyilgandi maqolada. Jung shundan boshlab “Zombi” taxallusini yoqtirib qoldi. Ushbu laqab Janubiy Koreyada juda mashhurdir. Hammasi uning jang uslubi sabab paydo bo'lganini alohida takidlash lozim. 

CHan Sungning qafasdagi tajovuzkorona va takrorlanmas uslubi muxlislarning hurmatiga sazovor bo'ldi. U o'z sparring sheriklari va jamoadoshlarini ham ayab o'tirmaydi. Mashg'ulotlari haqiqiy janglardan farq qilmaydi. Jung AQSHga ko'chib o'tganidan so'ng “Koreyalik zombi”ga aylandi. SHu bilan birga, u o'z shaxsiy brendini rivojlantirib bordi. O'zining savdo liniyasini ishga tushirdi. Qolaversa, sakkizburchakka doim The Cranberries guruhining "Zombie" qo'shig'i bilan kirib keladi. 

“Men uchun tomoshabinlarga qiziqarli janglar tuhfa etish muhim. Menga o'z uslubim yoqadi. O'ylaymanki, laqabim aralash jang sanati ustalari ichida eng yaxshisi”, - deydi sportchining o'zi. “Zombi” hozir 36 yoshda. U juda katta tajribaga ega. Jung shu kunga qadar 2 ta chempionlik jangini o'tkazgan. Endi nega uni “zombi” deyishlarini tushungandirsiz?!


Xorijiy saytlar asosida Xabib Jo'raboev tayyorladi


Reyting: +1   

Fikrlar

   
01 sen 14:28:02
Юсуф Ачилов
Qoyil
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing