05 apr 10:50
Yangiliklar

Koreyalik Zombining navbatdagi raqibi, jang sanasi va manzili malum
Koreyalik jangchi 19 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night oqshomida Den Igega qarshi oktagonga ko'tariladi.
UFC kamariga sobiq davogar CHen Son hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangini o'tgan yilning oktyabr oyida Brayan Ortegaga qarshi o'tkazib, besh raundda ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi. Undan avval esa u Renato Moykano va Frenki Edgarlarni nokautga uchratgan edi.
Den Ige esa aksincha, so'nggi jangida Gevin Takerni 22 soniya ichida nokautga uchratgandi. Undan avval esa AKA zali tarbiyalanuvchisi Kelvin Kattarga imkoniyatni boy bergandi. Ayni paytda Koreyalik Zombi va Den Ige yarim engil vazn toifasi UFC reytingida mos ravishda beshinchi va sakkizinchi o'rinlarni egallab turishibdi.
Fikrlar