20 may 18:41
Yangiliklar

Korme Oliveyra - CHendler jangidagi hakamlikni tanqid qildi
"CHendler birinchi raundni yutdi, ammo CHarlz Olieyra teykdaun evaziga o'zini yaxshi ko'rsatdi. Bunday raundni qanday qilib 10-8 hisobida baholash mumkin? Gap shundaki, hakamlar 10-7 hisobini qo'yishga qo'rqishadi. 10-7 bahosini olish uchun nima qilish kerak?
Agar esingizda bo'lsa, Glover Teysheyra Entoni Smitni mag'lub etgan jangda u raqibini tishini sindirgan raund 10-8 hisobida tugagandi. Ikkita raundni qanday qilib ikki hil baholash mumkin? Ularning birida do'pposlash bo'lgan, ikkinchisida esa raqobatli kurash?
Fikrimcha, hakamlikda ehtiyot bo'lish lozim. Ular pullar va odamlarning sport faoliyati uchun javobgarlikni o'z zimmalariga olishadi. Nima qilayotganingizni tushunishingiz lozim. 10-8 hisobi qo'yilgani aqlga sig'maydi", - dedi Korme.
Fikrlar