01 fev 14:17
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Korme Xabib va Konorni ajratib qolgani uchun ham yaxshigina pul olganini aytdi
UFC afsonalaridan biri Daniel Kormening aytishicha, tashkilot rahbari Dana Uayt UFC 229 musobaqasidan so'ng yuzaga kelgan Konor Makgregor hamda Xabibning jamoalari o'rtasidagi  mushtlashuvdan so'ng unga 10 ming dollar to'lagan.
			"O'sha oqshom men arenada, oilam bilan birinchi qatorda o'tirgan edim. Men bu joylarni yaxshi narxda olishga muvaffaq bo'lgandim – o'zim, rafiqam va ikki farzandim uchun 10 ming dollar to'lagandim, Xabib va Konor jamoasi o'rtasida janjal boshlanganida, "Bu yigitlarni to'xtatish kerak", deb o'yladim. Xabibni tinchlantirishni, uni oktagonni tark etishga majbur qilishni boshladim va birozdan keyin Dana chiptalar uchun pulimni qaytarib berdi. U menga bor pulimni berdi va: "Siz bo'lmaganingizda, biz katta muammoga duch kelardik", dedi", deya Kormening so'zlaridan iqtibos keltiradi Bloody Elbow nashri.
            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
            
			
Fikrlar