20 okt 17:19
Yangiliklar
Tokio-2020
Korrupciyada ayblanayotgan Rio-2016 tashkiliy qo'mitasi rahbari qamoqdan chiqdi
Braziliya Oliy sudi mamlakat milliy Olimpiya qo'mitasi rahbari Karlos Nuzmanni qamoqxonadan chiqarish haqida qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, u 2016 yilgi Olimpiada o'yinlari mezbonlarini aniqlashda yo'l qo'yilgan korrupciya ishlariga aloqadorlikda gumonlanib, ikki hafta oldin hibsga olingandi.
Sud Rio-2016 tashkiliy qo'mitasi rahbari hisoblangan Nuzmanni mamlakatni tark etmaslik sharti bilan ozodlikka chiqardi.
Braziliya MOQning sobiq rahbariga korrupciya, soliqlarni to'lamaslik, pul yuvish va jinoiy to'dada ish olib borish ayblari qo'yilgandi.
Havola :
Manba : AP
Fikrlar