05 fev 09:37
Yangiliklar
Kortes-Akostaning ishtahasi ochildi, u kamarni ko'zlayapti
"Agar Meksikadagi UFC turnirida menga jang tayinlanmasa, unda Aleksandr Volkov yoki Siril Gan bilan jang qilishni xohlayman. O'ylaymanki, yaqin orada Aspinallning janglarini ko'rmaymiz. Bu holatda nega vaqtinchalik kamar uchun jang kiritilmas ekan? Kim g'alaba qozonsa, chempion bilan jang qilish huquqiga ega bo'lishi kerak. SHunday qilsak, menimcha to'g'ri bo'lardi.
UFC’da aytishlari mumkin: "Valdo, sen va Volkov vaqtinchalik kamar uchun jang qilasiz, keyin g'olib Gan va Aspinall o'rtasidagi revansh g'olibiga qarshi chiqadi". Yoki vaqtinchalik chempionlik uchun Siril Gan bilan jang qilishimni, g'olib esa Tom Aspinall bilan to'qnash kelishini aytishlari mumkin. Har ikki variant ham menga to'g'ri keladi", - deya jangchining so'zlarini keltiradi MMAFighting.

Fikrlar