26 apr 15:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Kosta - CHimaev haqida: "Yarim og'ir vazndagi jangimiz u uchun juda yomon tugaydi"
UFC’ning yarim og'ir vazn toifasi jangchisi Paulo Kosta Xamzat CHimaevga qarshi jangga qiziqish bildirganini aytdi.
"Men shunchaki CHimaev yarim og'ir vaznga ko'tarilishiga umid qilaman. Uni ochiq quchoq bilan kutib olaman. Yarim og'ir vaznda men haqiqiy maxluqman. Menga vazn tushirish va limitga tushish uchun mushaklardan voz kechish shart emas.
Hozir menda to'laqonli kuch bor, barcha kuchim joyida. U uchun bu jang juda yomon yakunlanadi", — dedi Kosta.
UFC 327 turnirining asosiy kardda Kosta Azamat Murzakanovni muddatidan avval mag'lub etdi.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar