03 avg 12:16
Yangiliklar
Futbol
Kosta-Rikada 29 yoshli futbolchini timsoh eb qo'ydi
"Deportivo Rio Kanyas" havaskorlar jamoasi futbolchisi Xesus Alberto Lopes Ortis vafot etdi.
29 yoshli erkak timsoh qurboniga aylandi, deb xabar berdi "The Sun".
Fojia Guanakaste provinciyasidagi Kanyas daryosida sodir bo'lgan, tafsilotlar haqida xabar berilmagan.
Nashrning yozishicha, policiya marhumning jasadini olish uchun timsohni otgan.
"Deportivo Rio Kanyas" matbuot xizmati futbolchi chorshanba kuni dafn etilgani haqida xabar berdi.
"Bugun barchamiz uchun juda og'ir kun. Seni murabbiy, futbolchi va ota sifatida ham eslab qolamiz. Sen doimo qalbimizda yashaysan", – deyiladi jamoa ijtimoiy tarmoqlarda elon qilgan xabarda.
Marhum futbolchining ikki farzandi bor edi.
Havola :
Manba : The Sun
Fikrlar