26 mar 18:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Kosta UFCʼda eng ko'p maosh oladigan braziliyalik jangchiga aylandi
O'rta vazn toifasida braziliyalik UFC jangchisi Paulo Kosta Amerikadagi promoushen bilan tuzgan yangi shartnomaga ko'ra, har bir jangi uchun 1 million dollardan ko'proq maosh oladi.
Bu haqda BJ Penn nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, shartnoma 4 ta jangga tuzilgan bo'lib, buning natijasida Kosta eng ko'p maosh oladigan braziliyalik UFC jangchisiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq braziliyalikning gonorar borasidagi talablari tufayli tomonlar kelishuvga erisha olmagani malum bo'lgan edi. Kosta so'nggi bor 2022 yilning avgust oyida UFC 278 turnirida Lyuk Rokxoldni mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar