05 noy 08:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Kostya Czyu: Xabibga Rossiya Qahramoni berish? Qaysi ishi uchun?
Birinchi yarim o'rta vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Kostya Czyu UFC chempioni Xabib Nurmagomedovga Rossiya Qahramoni berish kerak degan taklifga keskin munosabat bildirdi.
Avvalroq deputat Gadjimurad Omarov mamlakat prezidenti Vladimir Putinga murojaat qilib, Xabib Nurmagomedovga Rossiya Qahramoni unvoni berilishi kerakligini tavsiya etgandi.
"Rossiya Qahramoni? Nima va qaysi ishi uchun? Xizmat ko'rsatgan sport ustasi - tushunarli, bu hatto muhokama ham qilinmaydi. Lekin Rossiya Qahramoni... Ochig'i, tushunmadim. Men Xabibni hurmat qilaman. Ammo, bu vaziyatda extiroslarga berishi kerak emas", — deya Kostya Czyuning so'zlarini keltirmoqda Sport24.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar
Буюклигинг каерда колди Костя?!...