19 dek 18:27
Yangiliklar
"Kovalyov bilan jang men uchun qiziq emas, uning kamari yo'q"
"Kovalyov bilan jang faqat uning kamari yo'qligi uchun emas, boshqa sabab bilan ham qiziq emas. U men haqimda nomaqul gaplarni aytgan. Men ham bunday so'zlarni bilaman, ammo gapirmayman. Menda boshqa chempion bilan jang bor.
Kovalyov Kaneloga yutqazib qo'ygan. Kanelo kuchsiz demoqchi emasman. Ammo u ikki-uch vazn pastdagi bokschi. U Kovalyovni mag'lub etish uchun ko'tarildi va yana ketdi. Kovalyov bilan jang qilishdan maqsad nima? Ko'p pul taklif qilishsami?
Bu hayotda eng muhimi emas. Ular xech qachon ko'p bo'lmaydi. Asosiysi yashash uchun etarli bo'lishi", - dedi Beterbiev.
Eslatib o'tamiz, Beterbiev 30 yanvar kuni Moskvada Adam Daynesga qarshi jang qiladi, Sergey Kovalyov esa Bektemir Meliqo'zievga qarshi ringga ko'tariladi.
Fikrlar
Gazini bos bek