29 jan 15:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovington Masvidal haqida: "U shunchaki ahmoq: xotinini aldaydi, soliqlar bo'yicha aldaydi, bolalar bilan muloqot qilmaydi"
Yarimo'rta vazn toifasida UFC jangchisi Kolbi Kovington bo'lajak raqibi Xorxe Masvidal bilan aloqalari haqida gapirdi.
"Men munosabatlarimizda hech qanday ijobiy tomonlarni ko'rmayapman. Bilasizmi, Xorxe shunchaki, ahmoq. U xotinini aldaydi, u soliqlar bo'yicha aldaydi, bolalar bilan muloqot qilmaydi, u odamlardan foydalanadi.
U mendan foydalandi, chunki unga mashg'ulotlarda tempni oshiradigan odam kerak edi. Kim unga kurashishni o'rgatib, har kuni u bilan mashg'ulot o'tkazsa, unga yordam beradi.
Men unga etib olib, yaqinlashib, reytingda tushirib yuborganimdan so'ng, u meni kamsitishni boshladi va pul, shon-shuhrat uchun orqamdan pichoq urdi", - dedi Kovington.
Eslatib o'tamiz, Kovington va Masvidal jangi 5 mart sanasida UFC 272 turniri doirasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar