01 fev 07:42
Yangiliklar

Kozimbek Mardonov debyut, keyingi jang va piar haqida gapirdi
Amerikaning Mayami shtatida o'tkazilgan boks oqshomida hamyurtimizga argentinalik Marselo Rubin Molina raqiblik qildi. Mardonov 4 raundga mo'ljallangan jangning 2-raundida Molinani nokautga uchratdi. G'alabadan so'ng Kozimbek www.olamsport.com sayti muhbiri bilan suhbatda jang haqidagi fikrlarini bilan o'rtoqlashdi.
«Bu jangga ikki oy davomida tayyorgarlik ko'rdim. Raqibim ancha tajribali bokschi edi, professional boksda ko'proq nokautga harakat qilish kerak. Puxta tayyorgarlik olib bordim va bunga erishdim.
Keyingi jangim 26-mart sanasida bo'lishi rejalashtirilgan. Raqib hali aniq emas. Biroz dam olib, yanada ko'proq ishlab keyingi janggimda ham nokautga qilishga intilaman. Mashg'ulotlarni Amerika Qo'shma SHtatlarida davom ettiraman.
Piar? Ha to'g'ri, prof boksda PRga alohida etibor beriladi, biroq men bunga u qadar qiziqmayman (kuladi)», - dedi Kozimbek Mardonov.
Sarvinoz Raxmonqulova suhbatlashdi.
Fikrlar