11 fev 18:43
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Kramer 4 karra Olimpiada chempioniga aylandi
Gollandiyalik Sven Kramer Pxenchxan Olimpiadasining konkida yugurish musobaqasida g'olib bo'ldi.
U 5000 metr masofada o'tkazilgan musobaqada barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Bu Kramer uchun faoliyatidagi to'rtinchi Olimpiada oltin medalidir.
Bu yo'nalishda kumush medal kanadalik Ted-Yan Blumenga nasib etdi. Norvegiyalik Sverre Lunde Pedersen bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Olimpiada-2018. Pxyonchxan, Janubiy Koreya
Konkida yugurish. Erkaklar. 5000 m
1. Sven Kramer (Gollandiya) – 6.09,76.
2. Ted-Yan Blumen (Kanada) – +1,860.
3. Sverre Lunde Pedersen (Norvegiya) – +1,862.
Havola :
Fikrlar