14 dek 15:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Kremlyov ishga kirishdi. U yangi konstituciyani qabul qildi
Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasining (AIBA) navbatdagi kongressi o'tkazilishi va unda tashkilotning yangi konstituciyasiga ovoz berish jarayoni bo'lib o'tdi.
Ovoz beruvchilarning 84 nafari yangi konstituciyaga rozi bo'ldi, 25 tasi esa qarshilik bildirgan bo'lsa, yana 21 nafar vakil betaraf bo'lib qolgan. SHu tariqa, AIBA yangi konstituciyani qabul qildi.
Eslatib o'tamiz, shanba kuni bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlarida Rossiya boks federaciyasi bosh kotibi Umar Kremlyov g'alaba qozongandi. U AIBA rahbarligiga o'tkazilgan saylovda 57,33 foiz ovoz bilan g'olib bo'lgan edi. Saylovda ikkinchi o'rinni Boris van der Vorst (30%), uchinchi o'rinni – Muhammad Mustasan (12,67%) egallashdi.
Havola :
Manba : match.tv
Fikrlar